KADMIY SULFID
KADMIY SULFID, CdS – sariq yoki qizil rangli kristallar. Geksagonal va kubsimon modifikasiyalari ma’lum. Suyuqlanish temperaturasi 1475°, zichligi 4,824 g/sm3, yarimo’tkazgich. Suvda erimaydi, kontsentrlangan NS1, HNO3 va H2SO4 ta’sirida parchalanadi. Kadmiy va oltingugurt bug’larini o’zaro ta’sir ettirish, eritmadan vodorod sulfid yoki natriy sulfid ishtirokida cho’ktirish, kadmiy va oltingugurt organik birikmalarni o’zaro ta’sir ettirish usullari bilan olinadi. Kadmiy sulfid yarimo’tkazgich lazerlarda faol muhit, fotoelementlar tayyorlashda xom ashyo, quyosh batareyalari, fotodiodlar, lyuminofor, shisha, spool va badiiy bo’yoqlar tayyorlashda pigment sifatida qo’llanadi. Tabiatda grinokit minerali ko’rinishida uchraydi.