KAYQUBODSHOH

KAYQUBODSHOH — qadimgi Baqtriyadagi shahar xarobasi (taxminan miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-3-asrlar). Hozirgi Shahrituz (Tojikiston) tumanidagi Nosir Xisrav shaharchasi yaqinida. 1950, 1952-53 yillarda arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. To’g’ri burchakli (300×400 metr) devor (eni 4 metr, bo’yi 6 metr) va istehkom saqlangan bo’lib, shimoliy Baqtriya va Afg’onistondagi qadimgi shaharlarni o’ragan istehkomlarga o’xshaydi. Kayqubodshohdan tangalar, sopol buyumlar, sarg’ish loydan ishlangan haykalchalar topilgan.