KALAXONA MAJMUASI
KALAXONA MAJMUASI — Ozarbayjondagi me’moriy yodgorlik majmui (17-asr). Shemaxa shahrining Kalaxona qishlog’ida joylashgan. 9 maqbaradan 8 tasi saqlangan. Maqbaralardan birining chuqur ravoqli eshigi tepasidagi kitobasida qurilgan yili (1663), usta Abdul Azim Sarkor nomi saqlangan. Maqbara 8 qirrali, piramida shaklida, kulohiy gumbazi pishiq g’ishtdan qurilgan. Kalaxona majmuasi 1960 yilda ta’mirlangan. Maqbaralarning tashqi ko’rinishi, gumbazlari Faxriddin Roziy maqbarasi, Sulton Takash maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Qaldirg’ochbiy maqbarasi kabilarga o’xshashdir.