KULYAKAN

KULYAKAN — Meksikaning g’arbiy qismidagi shahar. Sivaloa shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 415 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l stantsiyasi. Sug’oriladigan dehqonchilik va chorvachilik rayonining markazi. Oziq- ovqat sanoati, kunjutni qayta ishlash, tsement ishlab chiqarish korxonalari, universitet bor. Shaharga 1533 yilda asos solingan.