KUMUSH BROMID

KUMUSH BROMID, AgBr — sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 430°, 700°da ajraladi, zichligi 5,8—6 g/sm3. Nitrat kislota, spirt, vatriy sulfit va tiosulfitlarda yaxshi eriydi. Suvda eruvchanligi 3,510~4 g/l. Kumush nitrat eritmasiga NaBr yoki NVg ta’sir ettirib, hosil bo’lgan cho’kmani alohida eritib, qayta kristallash va suvda cho’ktirish usuli bilan olinadi. Fotomateriallar ishlab chiqarishda, Grinyar reaktivi yordamida olefinlar sintezida katalizator sifatida qo’llanadi.