Dastlabki esdaliklar qachon paydo bo’lgan?
Odamlar o’z o’tmishi haqida tarixlarni: ajdodlarning qahramonona ishlari haqidagi hikoyalarni, mashhur oilalar tarixini, har xil qiziqarli tarixlarni ancha ilgaridan qayd etib borgan. Ancha zamonlar shunga o’xshash asarlarning mualliflari ular tomonidan tasvirlanayotganga shaxsiy munosabatlarini bildirmasliklari lozim deb hisoblangan. Har bir insonning qadr-qimmati va betakrorligi anglab yetilgandan keyingina esdalik yozuvchilar (memuariylar) o’tmishni shaxsiy nomlaridan qayta gavdalantira boshlashgan. Bu narsa XVI va XVII asrlar chegarasida deyarli bir vaqtda Angliya va Fransiyada sodir bo’ldi. Esdaliklar (memo’arlar) shu yo’sin vujudga keldi. Ko’p hollarda biror nimasi bilan ajralib turmaydigan shaxs ularning muallifiga aylansa-da, uning esdaliklarda qayd etilgan hayot yo’sini noyoblik kasb etar va kitobxon uchun qiziqarli narsaga aylanar edi. Qalam sharofatidan inson avlodlar xotirasida qolishi mumkin edi. Aksincha, taniqli shaxslar o’z esdaliklarida yangi, kutilmagan tomonlarini oshkor qilib qo’ygan hollar ham ko’p uchraydi. O’tmish haqida jonli hikoyalar, nishonga teguvchi va shirali yumor o’tmish haqidagi hikoyaga jonli va qiziqarli roman tabiatini baxshida etardi. Masalan, gersog Sen-Simonning esdaliklari shunday bo’lgan. Uning XVI asr Fransiyasi saroyi hayotini jonli bir tarzda aks ettirgan xotiralari nafaqat badiiy obida, qolaversa noyob tarixiy manba ham hisoblanadi.