KUZNESK OLATOVI

KUZNESK OLATOVI –Sibirning Janubdagi tog’ tizmasi. Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyati va Krasnoyarsk o’lkasi hududida. Uzunligi 300 kilometr. G’arbda Kuznesk soyligiga tik tushgan, Sharqiy yon bag’ri Minusinsk soyligi tomon pasaya boradi. Janubda Abakan tizmasidan shimolda Sibir temir yo’lgacha davom etgan. Eng baland qismi Janubda (tegir-tiz tizmasidagi Verxniy zub tog’i -2178 metr). Asosan, ohaktosh, kvarsit va slaneslardan tarkib topgan. Gabbro, diorit, granit va sienit intro’ziyalari uchraydi. Iqlimi sovuq va nam. 400-800 millimetr yog’in yog’adi. Yon bag’irlari o’rmonlar bilan qoplangan. Foydali qazilmalari: temir va marganes rudalari, oltin, xromit, boksit. Ohaktosh, gabbro, granit va shu kabi qurilish materiallari sifatida ishlatiladi.