KALIMAI SHAHODAT
KALIMAI SHAHODAT (Arabcha – guvohlik so’zlari), tashahhud — Islom dinidagi 5 asosiy rukndan birinchisi — imonning asosi. Unga ko’ra, «Allohdan o’zga iloh yo’q. Muhammad uning Rasulidir», degan kalimani til bilan aytib, dil bilan tasdiq etish shart hisoblanadi. Ilk islomdan boshlab musulmonlar Kalimai shahodatni aytish orqali boshqalardan, avvalo ko’pxudoli majusiylardan farqlanib turganlar. Kalimai shahodat ibodatning asosiy so’zlari hisoblanadi, namozda takror-takror o’qiladi.