SAAKADZE GEORGIY
SAAKADZE GEORGIY (taxminan 1580, Peli qishlog’i — 1629.3.10) — gruzin siyosat arbobi, sarkarda. 1608 yil Tbilisi mauravisi (hokimi). Gruziyani birlashtirish maqsadida kurash olib borgan, lekin saroy fitnasi natijasida Eronga ketishga majbur bo’lgan. 1620 yil Eron shoqi Abbos I yordamida Kartli podsholigining amaldagi hukmdoriga aylangan. 1623 yil Kartli va Kaxetida Saakadze rahbarligida Eronga qarshi yirik ko’zg’olon ko’tarilgan. Qo’zg’olonchilar 30 minglik Eron ko’shinini tormor keltirishgan. Lekin 1625 yil jangda mag’lub bo’lishgan. Saakadze bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirgan. 1628 yil Saakadze qo’shinlari tor-mor keltirilgach, Turkiyaga qochgan; o’sha yerda o’ldirilgan.