SAAMLAR
SAAMLAR, loparlar, laplandlar — Norvegiya (30 ming kishi), Shvetsiya (15 ming kishi), Finlyandiya (5 ming kishi) va Rossiya (2 ming kishi; 1990 yillar o’rtalari)ning shimolda yashaydigan xalq. Saam tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar va lyuteranlar. Saamlar qadimdan bug’uchilik, baliq ovlash va ovchilik bilan shug’ullanadi.