YA
YA — o’zbek kirill alifbosining o’ttiz birinchi harfi. O’zbek adabiy tilida til o’rta, sirg’aluvchi y undoshi bilan til oldi, lablashmagan a unlisi birikmasini (ya) ifodalovchi grafema. So’z boshida (yangi, yaxshi, yashin), o’rtasida (muyassar, tayanch, noyabr) va oxirida (madhiya, soya, hadya) kela oladi. Turkiy xalqlar qo’llagan Avesto, urxunenisey, Sug’d, uyg’ur, Arab, lotin grafikalari asosidagi alifbolarda bunday grafema mavjud emas, u faqat kirill (rus) grafikasi asosidagi alifbodagina uchraydi.
O‘xshash so‘zlar
- YA’JUJ VA MA’JUJ
- YA’QUB
- YA’QUB CHARXIY IBN USMON IBN MAHMUD AL-G’AZNAVIY
- YA’QUB IBN LAYS AS-SAFFOR
- YA’QUBIY
- YABLOCHKOV PAVEL NIKOLAYEVICH
- YABLONOVIY TIZMASI
- YABLONOVSKIY NIKOLAY MIXAYLOVICH


