YANGI OY
YANGI OY — oyning yer bilan Quyosh orasida bo’lgan vaqtdagi fazasi; ingichka o’roq shaklidagi 1,5 kunlik payti. Bu vaqtda oyning Quyosh yoritib turgan qismi yerga teskari tomonda bo’lgani uchun oy erdagi kuzatuvchiga ko’rinmaydi. Agar Yangi oy paytida oy yer va Quyosh Markazlarini xayolan birlashtiruvchi to’g’ri chiziqda bo’lsa, Quyosh tutilishi hodisasi ro’y beradi. Yangi oy payti oy kalendarida oy hisobining boshlanishi deb qabul qilingan.