YAKOBSON AUGUST

YAKOBSON AUGUST [1904.20.8 (2.9), Pryanu yaqinidagi Ryaema qishlog’i — 1963.23.5, Tallin] — Estoniya xalq yozuvchisi (1947), davlat arbobi. Tartu universitetida o’qigan (1932-35), «rangpar ot» (1928— 33), «Andruksonlar avlodi» (1931-34) romanlarida ilk ijodiga xos naturalistik bo’yoqlar ko’zga tashlanadi. «Barhayot estonlar» (1-4 j., 1937-40) romani hamda «oxirgi bekat» (1934), «Oddiy askar Mattas» (1935) va boshqalar qissa va hikoyalar to’plamlarida ijtimoiy nohaqliklar ochib tashlangan. «Qon va o’t kechib» (1942), «bahodirlar yo’li» (1944) va boshqalar hikoyalar to’plamlarida 2-jahon urushi voqealari aks etgan. «Qal’adagi hayot» (1946), «Yashirin kurash» (1946) pyesalari ijtimoiy-siyosiy mavzuda. «Ikki lager» (1948), «chiyabo’rilar» (1951) asarlarida jahon miqyosidagi keskin mafkuraviy kurash tasvirlangan. «Keksa dub» dramasi (1954), «yuksalishga intilish», «Qaynoq kun» (1949) hikoya va qissalar to’plamlari muallifi.