YALOU ROZALIN SASMEN

YALOU ROZALIN SASMEN (1921.19.7, Nyu-York) — amerikalik fizik va shifokor (medik). Xanter kollejini tugatgan (1941), shu kollejda fizikadan ad’yunkt professor (1946-50). Bronks gospitali radioizotop xizmati boshlig’i yordamchisi (1950-70), 1970 yildan yadro tibbiyoti bo’limi rahbari. Nyu-Yorkdagi Lenoks Xill gospitali ilmiy maslahatchisi (1956-62). Yeshiv universiteti Albert Eynshteyn tibbiyot kollejida professor (1979-86), ayni vaqtda tibbiyot markazi va Montefior gospitali klinik fanlar bo’limi rahbari. 1986 yildan tibbiyot maktabida professor. Ilmiy ishlari qonda va endokrin bezlari to’qimasida insulin, paratireoid gormon, gastrin va kortikotropinni radioimmunologik aniqlashga oid. Nobel mukofoti Laureati (1977; hamkorlikda).