YANICHARLAR

YANICHARLAR (turkcha — yangi qo’shin) — Usmonli turk imperiyasida davlat xazinasidan maosh olib turgan muntazam piyoda qo’shinlar. 14-asrda Turkiya sultoni Murod I davrida tuzilgan. Dastlab asirga tushgan o’spirinlardan, so’ng Usmonli turk imperiyasining xristian aholisi orasidan zo’rlik bilan olingan askarlardan iborat bo’lgan. Sipohiy va otliq qo’shinlar bilan birga Yanicharlar Turk qo’shinining asosini tashkil etgan. 1826 yil 15 iyunda ular Sulton Mahmud II ning harbiy islohotlariga qarshi Fitna uyushtirishgan, fitna bostirilgach, Yanicharlar butunlay tugatilgan.