TAUBE GENRI
TAUBE GENRI (1915.30.11, Saskatun, Kanada) — amerikalik kimyogar. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1959). Amerika fan va san’at akademiyasi a’zosi (1961). Stanford universiteti professor (1962 yildan). Asosiy ilmiy ishlari elektronlar ko’chishi reaktsiyalari tadqiqotiga oid. Ilk bor (1940 yil oxirlarida) suvdagi eritmada solvatlangan kation mavjudligini (3 valentli xrom ioni misolida) isbotlagan. Kompleks birikmalarning suvdagi eritmalari beqarorligi bilan ularning elektron tuzilishi orasidagi bog’liqlikni aniklagan (1952). Molekulyar azot ruteniy kompleksining suvdagi eritmasi koordinasiyasida bir molekula suvning o’rnini egallashi mumkinligini isbot qilgan (1967). Nobel mukofoti laureati (1983).