ISSIQLIK DVIGATELI

ISSIQLIK DVIGATELI — issiqlik energiyasi mexanik energiyaga aylantiriladigan qurilma. Birlamchi dvigatellar ichida Issiqlik dvigateli eng katta guruhni tashkil etadi. Issiqlik dvigatelida kimyoviy yoki yadro yoqilg’isi ko’rinishidagi tabiiy energetik resursdan foydalaniladi. Issiqlik dvigatelining porshenli, rotorli va reaktiv xillari bor. Ular ichki yonuv dvigatellariga va tashki yonuv dvigatellari ga ham bo’linadi.