IBROHIM POSHO

IBROHIM POSHO, Ibrohim bosho (1789, Kavala, hozirgi Gresiya hududida -1848.10.11, Qohira) — Misr davlat va harbiy arbobi. Otasi Muhammad Ali o’tkazgan iqtisodiy islohlarda va Misr armiyasini tuzishda qatnashgan. 1807-12 yillarda daftardor (moliya bo’limi boshlig’i); 1812-16 yillarda Yuqori Misr gubernatori. Misr armiyasining qo’mondoni (1816-41). Misr armiyasi Ibrohim Posho rahbarligida Arabistondagi vahhobiylar harakatini (1816-18) bostirgan. Sudanni egallagan (1820— 22). Ibrohim Posho Gretsiyadagi milliy ozodlik harakati (1821-29) ni bostirishda qatnashgan. Misrturkiya urushida bir necha g’alabaga erishgan (1831-33). Ibrohim Posho bosib olingan mamlakatlar (Falastin, Suriya, Livan) gubernatori (1833-40). 1847 yildan esa Misr hukmdori. 1848 yil iyundan Usmonli turk hukumati uni Misrning voris poshosi qilib tayinladi.