INOZIT
INOZIT, geksaoksisiklogeksan, tsiklit — olti atomli tsiklik spirt, shirin ta’mli, qattiq modda. Molekulyar modda 180,2. Suyuqlanish temperaturasi 225-227°. 9 ta stereoizomeri mavjud. Ulardan fakat mezoinozit V guruhidagi vitaminlarning xossalarini namoyon kiladi. Suvda yaxshi eriydi. Organik erituvchilarda erimaydi. O’simliklar tarkibida asosli fitin kislota va uning kaltsiy-magniyli tuzi ko’rinishida bo’ladi. Ba’zi o’simliklar uchun Inozit o’sish omili hisoblanadi. Inson organizmining Inozitga bo’lgan ehtiyoji bir sutkada — 1 — 1,5 gramm. Ovqatda oqsil yetishmaganda Inozit jigarni yog’ bosishining oldini oladi.