IBROHIMOV SHUKUR

IBROHIMOV SHUKUR (1927. 5.3, Toshkent) — selektsion-ergenetik olim, qishloq xo’jalik fanlari Doktori (1974), professor (1976), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan agronom (1972). Toshkent qishloq xo’jalik institutini tugatgan (1948). 1948-84 yillarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi O’simliklar genetikasi va fiziologiyasi, g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi, Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1965 yildan), qishloq xo’jaligi boshqaruvi idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishladi. VASXNIL O’rta Osiyo bo’limi raisi o’rinbosari (1984— 90), «paxta» IIB bosh direktori (1990-92), O’zbekiston paxtachilik ilmiy tadquqit instituti direktori (1992-95). 1995 yildan g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida ilmiy maslahatchi va g’o’za mutagenezi laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari g’o’za selektsiyasi, genetikasi, biologiyasi, urug’chiligi, agrotexnikasi va boshqa masalalarga bag’ishlangan. Ibrohimov g’o’zaning serhosil va rayonlashtirilgan S—6029, S-6030, S-6037, S-6040, Termiz 14, Termiz 16, Qizil Ravot, S—2602, Uychi 2 va Andijon 60 navlarining hammuallifi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1987). As: Ostroe obluchenie rasteniy, mutagenez i selektsiya xlopchatnika, T., 1976; Otdalyonnaya gibridizasiya xlopchatnika, izluchenie i rekombinogenez, T., 1985.