TELUGU
TELUGU (Andhra) — Hindistondagi xalq, Andxrapradesh shtatining asosiy aholisi. Shuningdek, Tamilnad va Karnataka Shtatlarida ham yashaydilar. 74,5 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Telugu tilida so’zlashadi. Dindorlari, asosan, hinduizmga e’tiqod qiladi, bir qismi sunniy musulmonlar. Telugu dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Telugu adabiyoti
- Telugu (Andhra) tili
- TEMBR
- Temin (Temin) Xouard Martin
- Temir
- TEMIR DARVOZA
- Temir davri, ilk temir davri
- Temir oksidlari


