TEMIRTIKAN
TEMIRTIKAN (Tribulus L.) Tuyatovondoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Poyasi yer bag’irlab (uchi ko’tarilib) o’sadi, bo’yi 10-60 santimetr shoxlangan. Barglari qarama-qarshi joylashgan. 5-7 juft bargchalardan iborat. Gullari sariq. Mevasi qattiq tikanli. May-avgust oylarida gullab, urug’ beradi. Ekinlar orasida, bog’larda, yo’l yoqalarida, daryo, soy bo’ylarida va boshqa yerlarda o’sadi. O’zbekistonda keng tarqalgan.
O‘xshash so‘zlar
- Temirtov
- Tempera
- TEMPERASIYA
- Temperatura
- TEMPERATURA INVERSIYASI
- TEMPERATURA SHKALALARI
- Temur Malik
- Temur xoqon, Temur qag’an


