TEOLOGIYA

TEOLOGIYA (Yunoncha theos — Xudo va …logiya) — Xudoning mohiyati va irodasi haqidagi diniy talimotlar majmui. Xudo shaxsan o’zini vahiy orqali kishilarga ma’lum qiladi degan kontsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va muqaddaslashtirilgan yozuvlar Teologiyaning asosiy manbalari qisoblanadi. Teologiya turli diniy o’quv yurtlari — seminariyalar, akademiyalar, madrasalar va boshqalarda o’qitiladi. Teologiya tushunchasi avvalo iudaizm va xristianlikka nisbatan qo’llangan. Teologiya Islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham ataladi.