TERSKAY OLATOVI

TERSKAY OLATOVI — Tyanshandagi tog’ tizmasi. Janubda Issiqko’l soyligi bilan chegaradosh. Eng baland joyi 5216 metr. Uzunligi 380 kilometr. Asosan, granit, metamorfik slanes, ohaktoshlardan tuzilgan. Shimoliy yon bag’ri tik va baland, ko’plab daryolarning chuqur daralari bilan o’yilib ketgan, Janubiy yon bag’ri qiya, 3600— 4000 metr balandlikda tekis sirtlarga qo’shilib ketadi. Muzliklarning umumiy maydoni 1080 kilometr kvadrat. Shimoliy yon bag’rining daralarida Tyanshan qora qarag’ayi o’rmonlari, tog’ qirralari yaqinida baland tog’o’tlokdari va o’tloq dashtlar, Janubiy yon bag’rida Toshloq tundra bor.