TIBR

TIBR — Apennin yarim orolidagi eng katta daryo. Uzunligi 405 kilometr, havzasining maydoni 16,5 ming kilometr kvadrat. Apennin tog’laridan boshlanib, Maremma tekisligidan oqadi. Maydoni 250 kilometr kvadratga teng Delta hosil qilib, Tirren dengiziga quyiladi. Asosan, yomg’irdan to’yinadi. Qishda to’lib oqadi, ba’zan toshadi. O’rtacha suv sarfi 260 metr kub/sekund. Daryo suvidan sug’orishda foydalaniladi. Bir nechta GES qurilgan. Quyi oqimida kema qatnaydi. Tibr bo’yida Italiya poytaxti — Rim shahri joylashgan.