TING (TING) SEMYUEL

TING (TING) SEMYUEL (Tin Chjaochun; 1936.27.1, Michigan shtati, Annarbor) — amerikalik fizik. Michigan universitetini tugatgan (1959). 1963 yilda Yevropa yadro tadqiqotlari institutida (Jeneva), 1964 yildan Kolumbiya universitetida, 1967 yildan Massachusets texnologiya institutida (1969 yildan professor) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga oid. 1974 yilda B. Rixterdan mustaqil tarzda yangi og’ir mezon — birinchi jozibali kvarkli mezonni ochgan. Nobel mukofoti laureati (1976; B. Rixter bilan birgalikda).