TEZLIKLAR QUTISI
TEZLIKLAR QUTISI — mexanizmlarda yetakchi valning aylanishlar soni (tezligi) o’zgarmagani holda etaklanuvchi valning aylanishlar sonini pog’onali tarzda o’zgartirib beradigan mexanizm. Ishi yetakchi val bilan etaklanuvchi val orasidagi uzatish nisbatini shesternyalar (tishli g’ildiraklar) yordamida o’zgartirishga asoslangan. Shuning uchun Tezliklar qutisi uzatmalar qutisi deb ham ataladi. Tezliklar qutisi alohida korpus (kugi) yoki boshqa mexanizmlar bilan bir umumiy korpusga joylashtirilgan tishli uzatmalardan iborat. Metall kesish stanoklarida, avtomobil va boshqa transport vositalarida ishlatiladi.