ABAZIYA

ABAZIYA (yunoncha a – inkor qo’shimchasi, basis – qadam) – bemorning mutlaqo yura olmay, hatto tik tura olmay qolishi; uning oyoqlari falaj bo’lmasada, muvozanatni saqlay va umuman o’zini eplay olmaydi. U o’rnidan tik turishi va qadam qo’yishi bilanoq oyoqlari ishamay yiqilib tushishi mumkin. Kasallik bosh miya peshona qismining shikastlanishi va isteriyada kuzatiladi.