KOSTROMA
KOSTROMA — Rossiya Federatsiyasi Kostroma viloyatidagi daryo. Volga daryosining chap irmog’i. Uzunligi 354 kilometr, havzasining maydoni 16 ming kilometr kvadrat. Galich qirlaridan boshlanadi. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi Buy shahri yaqinida (quyilish joyidan 124 kilometr) 71 metr kub/sekund, eng ko’p suv sarfi 1620 metr kub/sekund. Noyabrda muzlab, aprel— mayda muzdan bo’shaydi. Buy shahridan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Kostromada yog’och oqiziladi. Kostroma bo’yida Soligalich shahri joylashgan.