KOTA

KOTA — Hindistonning shimoliy- g’arbiy qismidagi shahar. Rajastxon shtatida. Aholisi 540 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Chambal daryosidagi gidrouzel markazi. Mashinasozlik va kimyo-farmasevtika sanoati korxonalari, AES bor. Hunarmandchilikda gilam va muslin gazlamasi to’qiladi.