KORINF BO’YNI

Ma’nosi

KORINF BO’YNI — Yevropa Janubdagi bo’yin, Peloponnes yarim orolini Gretsiyaning Markaziy rayonlari bilan bog’laydi. Ioni dengizining Korinf qo’ltig’i bilan Egey dengizining Saronikos qo’ltig’i suvlari o’rab turadi. Uzunligi 42 kilometr, kengligi 16 kilometrgacha. Chala cho’l o’simliklari o’sadi. Korinf bo’yni orqali Afina shahri bilan Korinfni bog’lovchi temir yo’l 2 va shosse yo’li o’tgan. 1881-93 yillarda Korinf bo’yni orqali Korinf kanali qazilgan.

O‘xshash so‘zlar

K harfi: barcha so‘zlar