KORIOLIS (CORIOLIS) GYUSTAV GASPAR
KORIOLIS (CORIOLIS) GYUSTAV GASPAR (1792-1842) — frantsuz matematigi va mexanigi. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1836). Parij politexnika maktabini boshqargan (1838 yildan). «Qattiq jismlar mexanikasi va mashinalarni hisoblashga doir traktat» (1829) va «Jismlar tizimining nisbiy harakati tenglamalari haqida» (1835) nomli asarlarida Koriolis nisbiy harakat nazariyasini asoslab berdi.