KORPUS

KORPUS (lotincha corpus — tana) — 1) inshoot, mexanizm, asboblar, apparat, qurilmalar va ba’zi transport mashinalarining qismi; 2) yaxlit maydondagi bir necha binodan bittasi yoki yirik inshootning alohida qismi; 3) Kegeli (o’lchami) 10 punktga (3,76 millimetrga) teng bo’lgan bosma shrift; 4) biror maxsus ish bilan mashg’ul bo’lgan mutaxassislar hay’ati (masalan, diplomatik korpus, ofitserlar korpusi va boshqalar).