KORYAKLAR

KORYAKLAR (o’zlarini, chavchin, nimilan deb ataydilar) — Rossiyadagi xalq. Kamchatka viloyatidagi Koryak muxtor okrugining asosiy aholisi (7 ming kishi). Chukotka Muxtor okrugi va Magadan viloyatida ham yashaydi. U mumiy soni 9 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Koryak tilida so’zlashadilar. Dindorlarining bir qismi — pravoslavlar. An’anaviy din — shamanlik, kasbga oid kultlar ham mavjud. Koryaklar, asosan, baliqchilik, bug’uchilik bilan shug’ullanishadi.