KONSTANTLIK
KONSTANTLIK (lotincha constans — doimiylik, o’zgarmaslik) (psixologiyada) — muayyan ob’yektlarni idrok qilish sharoitlari (masofa, yorug’lik va boshqalar) o’zgarganda ular xususiyati (hajmi, rangi, shakli va boshqalar) ning idrokda barqaror saqlanishi. Masalan, kishi biror narsadan uzoqlashsa, uning ko’z to’r pardasidagi aksi kichrayadi, lekin shu narsaning idrok etilgan timsoli o’zgarmaydi.