KONTRREFORMATSIYA
KONTRREFORMATSIYA — 16-17 asrlar o’rtasida Yevropada papalar boshchiligida reformatsiyaga qarshi qaratilgan diniy-siyosiy harakat. Kontrreformatsiya dasturining asosini Trident sobori (1545— 63) qarorlari tashkil etadi. Sobor tomonidan tasdiqlangan aqidalar va qonunlarga zarracha shak keltirish bid’at qisoblangan. Asosan inkvizisiya yordamida amalga oshirilgan. Kontrreformatsiyani monaxlik ordenlari qo’llab-quvvatlab turgan. Bu harakat 2-asrdan ko’proq davom etgan.