KONUS SIRT

KONUS SIRT — qo’zg’almas S nuqtadan o’tuvchi SM to’g’ri chiziqning biror L egri chiziq bo’ylab sirpanishidan hosil bo’ladigan sirt. 5-nuqta Konus sirtning uchi, SM to’g’ri chiziq yasovchisi, L egri chiziq yo’naltiruvchisi deyiladi. Agar Konus sirtning yo’naltiruvchisi aylana bo’lib, S ni aylana markazi o b-n tutash- tiruvchi to’g’ri chiziq aylana tekisligiga tik bo’lsa, u doiraviy Konus sirt deb, 05 to’g’ri chiziq esa Konus sirtning o’qi deb ataladi. Dekart koordinatalar tizimida tenglama yo’naltiruvchisi ellips bo’lgan Konus sirtni ifodalaydi.