KONFERENTSIYA
KONFERENTSIYA (lotincha Konferentia -bir joyga to’playman) — davlat yoki partiya, jamoat va olimlar vakillarining muayyan masalani muhokama etish uchun yirilishi. 19-asrning 2-yarmigacha G’arbiy Yevropada, asosan, ma’muriy-texnik, madaniy, iqtisodiy va huquqiy masalalarga oid yig’ilishlar ham Konferentsiya deb atalgan. Keyinchalik Konferentsiya tushunchasi Kongress atamasi o’rnida ham qo’llanila boshladi.