KONXA

KONXA (Yunoncha konche — chag’anoq) — bino tepasi (gumbaz osti, bagali, poygumbazi)ni yopish uchun xizmat qiladigan qubba (apsida, ravoq). Sharq ellin me’morligida vujudga kelgan. Rim va Vizantiya me’morligida, o’rta asr xristian ibodatxonalari kurilishida keng qo’llanilgan. Konxa, ko’pincha, koshin va naqshlar bilan bezatilib, unga xristian avliyolari tasviri ishlangan.