KATTA AYIQLI KO’L

KATTA AYIQLI KO’L — Kanadaning shimoli-g’arbidagi ko’l. Maydoni 30,2 ming kilometr kvadrat, chuqurligi 137 metrgacha. Tektonik-muzlik iatijasida yuzaga kelgan soylikda joylashgan. Qirg’oqlari tik, qoyali, igna bargli o’rmonlar bilan qoplangan. Ko’ldan Katta ayiqli daryo oqib chiqib, Makenzi daryosiga quyiladi. Oktabr oyidan iyungacha muzlaydi. Kema qatnaydi. Baliq ovlanadi. Portlari — Port-Radiy, Fort- Franklin.