KATIN
KATIN (Katin o’rmoni) — Smolenskdan 14 kilometr g’arbda, Gnyozdovo temir yo’l stantsiyasi atrofida joylashgan mavze. 1930-yillarda ommaviy qatag’on qurbonlari — sovet fuqarolari ko’milgan joy. 1940 yil bahorida NKVD organlari 1939 yil kuzida asir olinib Kozelsk lagerida saqlanayotgan 4 mingdan ziyod polyak ofitserlarini Katinga keltirib yo’q qilganlar. 1989 yil Katinda memorial yodgorlik o’rnatilgan.