KASTILIYA
KASTILIYA (Castilla — qasr) — Pirenei yarim oroli Markaziy qismidagi Qirollik (11 — 15-asrlar). 1035 yil tashkil topgan. Leon qirolligi bilan bir necha bor birlashib (1037-1165, 1072-1157, 1230 yildan uzil-kesil), kuchli davlatga aylangan. 1479 yil Kastiliya qirolichasi Izabella bilan Aragon qiroli Ferdinandning o’zaro nikohlanishi 2 qirollikning birlashib, yagona Ispaniya davlatining tashkil topishiga asos bo’lgan.
O‘xshash so‘zlar
- KASTLER (KASTLER) ALFRED
- KASTOR
- KASTRI
- Kastro rus (Castro Rus) Fidel
- KASUR
- KATABOLIZM
- KATAFRAKTLAR
- KATAGENEZ


