TAROZIY NASRULLOH MUBASHSHIR ATTAROZIY
TAROZIY NASRULLOH MUBASHSHIR ATTAROZIY (1922.15.3, Taroz — 2002.20.4, Qohira) — yirik Islom ulamosi, tarixchi, adib. Sayyid Mubashshir Taroziyning katta o’g’li (Amir Said Olimxonning kuyovi). Fors tili va adabiyoti doktori. (1949), professor (1970). Qohiradagi «Dor ulkutub» kutubxonasi Nodir qo’lyozmalar bo’limida ishlagan (1951-84). 36 jildlik qo’lyozma kitoblar katalogini nashr qildirgan. Aynush Shams va alAzhar untlarida turk va fors tillari va adabiyotidan dars bergan. «Amir Temur va Temuriylar haqida Misr kutubxonasida saqlanayotgan manba va qo’llanmalar fihristi» (1996; 450 bet) ni nashr ettirgan. 1996-99 y.larda O’zbekistonda o’tkazilgan xalqaro konferentsiyalarda qatnashib, Imom Buxoriy, Ahmad alFarg’oniy, Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi faoliyati xaqida ma’ruzalar qilgan. Taroziyning she’riy devoni ham bor. Otaturk til, tarix va madaniyat akademiyasi (Ankara) a’zosi. Istanbuldagi Marmara universiteti tomonidan Taroziyga turk tili va adabiyoti doktori (faxriy) unvoni (1995), Toshkent davlat sharqshunoslik inti tomonidan falsafa fanlari doktori faxriy unvoni (1996) berilgan. Qozog’iston Fanlar Akademiyasi faxriy akademik, Taroz shahrining faxriy fuqarosi edi (2001).