JUFT VA TOQ SONLAR

JUFT VA TOQ SONLAR — 1) juft sonlar — 2 ga karrali bo’lgan butun sonlar; masalan, 0, 2, 4, 6, 8 va hokazolar. Son o’nli sanoq tizimida yozilgan oxirgi raqami juft bo’lganda (0, 2, 4, 6 yoki 8) va faqat shu hrlda u juft bo’ladi; 2) toq sonlar -2 ga bo’linmaydigan butun (musbat yoki manfiy) son. Toq son har xil shaklda yozilishi mumkin. Toq son kvadrati yana toq son bo’ladi, ikkita istalgan toq son ko’paytmasi ham toq son bo’ladi.