JO’RAYEV MENGNIYOR SATTOROVICH

JO’RAYEV MENGNIYOR SATTOROVICH (1942.15.1, Jarqo’rg’on tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). SamDUni tugatgan (1966). 1966 yildan Jarqo’rg’on tumanida-i 47-maktabda biologiya o’qituvchisi, 1967 yildan Qumqo’rg’on tumanidagi 13-maktabda direktor o’rinbosari, 2000 yildan kimyo-biologiya o’qituvchisi. Jo’rayev darslarni hozirgi davr talabi asosida tashkil etadi, ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llaydi, ko’rgazmali qurollar va o’quv texnika vositalaridan unumli foydalanadi.