KASKAY QABILALARI

KASKAY QABILALARI, Kaskeyliklar, kasklar, kashklar, kashkeyliklar — Xett podsholigidan shimoliy va shimoli-Sharqdagi Pont tog’lari (kichik Osiyo)da qadimdan yashovchi qabilalar birlashmasi. Kaskay qabilalarining qo’shni tumanlarga bosqinlari xettlarni doimiy kurash (miloddan avvalgi 17-asrdan miloddan avvalgi 13-asrgacha) olib borishga majbur qilgan. Kaskay qabilalari chorvachilik va to’qimachilik bilan shug’ullangan. Kaskay qabilalarida miloddan avvalgi 14-asrgacha «harbiy demokratiya» saqlangan. Kaskay qabilalari miloddan avvalgi 8-7-asrlarda manbalarda oxirgi marta eslab o’tilgan.