KICHIK ZOND OROLLARI
KICHIK ZOND OROLLARI — Malay arxipelagining Janub qismi, asosan, Indoneziya tarkibida. Bali, Flores, Banda, Savu, Timor dengizlari va Hind okeani suvlari o’rab turadi. Maydoni 128 ming kilometr kvadrat. 1300 kilometr uzunlikdagi orollar zanjiridan iborat. Relefi tog’li, vulkan ko’p (eng baland joyi 3726 metr, Rinjani vulkani). Iqlimi subekvatorial mussonli iqlim. Barg to’kuvchi tropik o’rmonlar va savannalar bilan qoplangan. Sholi ekiladi, baliq ovlanadi.