KLOD (CLAUDE) ALBERT

KLOD (CLAUDE) ALBERT (1899.23.8, Longler, Belgiya — 1983) — Belgiyalik biokimyogar. 1923-49 yillarda AQShda ishlagan. Birinchilardan bo’lib subhujayraviy strukturalarni tadqiq etishda differentsial tsentrifugalash usulini qo’llagan. Oksidlanish jarayonlari (hujayraning nafas olishi) Mitoxondriyalarda kechishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1974, E. Pallade va K. R. Dedyuv bilan hamkorlikda).