KODEIN

KODEIN (Codeinum) — afyun tarkibidagi alkaloid. Hidsiz, achchiq oq poroshok, suvda yomon eriydi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra, morfinga yaqin tursa ham, og’riq qoldirish ta’siri unga qaraganda kuchsizroq. Og’riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi, yo’talga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Hadeb ichaversa, narkomaniyaga olib keladi.