KOLGUYEV
KOLGUYEV — Barents dengizining janubiy-Sharqiy qismidagi Orol. Materikdan 75 kilometr uzoqlikda. Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyati neneslar Muxtor okrugi tarkibida. Maydoni 3,2 ming kilometr kvadrat. Yer yuzasi tekis. Kul va botqoqlik ko’p. Tundra o’simliklari o’sadi. Qutb tulkisi, lemminglar bor. Yozda suv parrandalari uchib keladi. Bug’uchilik, baliqchilik va ovchilik rivojlangan.